Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Keksa ayol ko‘chada ayanchli ahvolda muzlab o‘lgan» — g‘ayrioddiy sovuq oqibatlari

«Keksa ayol ko‘chada ayanchli ahvolda muzlab o‘lgan» — g‘ayrioddiy sovuq oqibatlari

Ayni kunlarda Kanada va AQShning katta qismida noodatiy sovuq ob-havo sharoiti kuzatilmoqda

Sovuq havo oqimi Texasda Kvebekkacha bo‘lgan 3200 kilometrlik hududni qamrab olgan. 

2004-yilda Gollivud kinoijodkorlari tomonidan suratgan olingan «Ertadan keyin» (The Day After Tomorrow) filmi tomoshabinga yaxshi tanish. 

Xuddi shu kinoga o‘xshash holat bugun hayotda ro‘y bermoqda.

Sovuq jonivorlarlarga ham qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. 

Kuchli shamol, qor yog‘ishi va muzliklar oqibatida AQShning ko‘plab shaharlarida baxtsiz hodisalar kuzatilmoqda, elektr uzatish liniyalari uzilgan.

Juma kuni Montana shtatida havo harorati -45 darajagacha tushib ketgan. Michigan, Sietl, Pensilvaniya, Portlendda ham kuchli sovuqlar kuzatilmoqda va bu holat yana saqlanib qolishi mumkin. 

Janubiy Dakotada tub amerikaliklar yoqilg‘i yetishmasligini sabab o‘z kiyimlarini yoqib, isinishga majbur bo‘lgani aytilmoqda. 

Buffaloda uch kishi tez yordam mashinasi yetib bormagani uchun halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Fox News. Michigan shtatida keksa ayol qariyalar uyi oldida ko‘chada muzlab qolgan holda topildi. Jami qurbonlar soni 23 kishidan oshmoqda. 

Ogayo shtatidagi trassada o‘nlab mashinalar to‘qnashib ketgan.

400 mingga yaqin xonadon elektr energiyasisiz qolmoqda. Mamlakatda 2,6 mingdan ortiq reyslar bekor qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring