Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kimsasiz xaroba shaharlar (foto)

Kimsasiz xaroba shaharlar (foto)

Foto: «bigpicture.ru»

Kimsasiz shahar qoldiqlari dunyoning turli burchaklarida hali ham mavjud. Ularning aholisi tabiiy yoki texnogen ofatlar, qashshoqlik va boshqa sabablar tufayli o‘z vatanlarini tashlab ketishgan.

1. Janubiy Georgiya orolidagi Gryutviken shahri. Ulkan kitlarning suyaklari va tashlandiq tankerlar bu yerlar qachonlardir kit ovlovchilar maskani bo‘lganidan darak beradi.

2. Orolda kit ovchilari 1960-yillargacha istiqomat qilishgan. So‘ngra resurslar yetishmasligi kit ovlash stansiyasini yopishga to‘g‘ri kelgan.

3. Bu yerlarda qolgan yagona narsa kimsasiz shahardir.

4. Janubiy Amerikadagi Chayten shahri (Chili) aholisi 2008-yilgi vulqon otilishi va Blanko daryosining o‘zanidan toshib ketishi natijasida boshqa joylarga ko‘chib ketgan.

5. Ag‘nagan uylar va chalkashib ketgan telefon simlari qachonlardir bu yerlarda ham hayot qaynaganidan dalolat berib turadi.

6. AQShning Nevada shtati Berlin shahrida hanuzgacha 20-asr boshlariga tegishli mana shunday avtomabil «skelet»lari va yog‘och uylar saqlanib qolgan.

7. Romanyano-al-Monte, Italiya.

8. Oradur-syur-Glan, Fransiya. Dunyoga mashhur mazkur qishloq 1944-yilning 10-iyunida vayronaga aylantirilgan. O‘shanda nemislar qishloqning deyarli barcha aholi — 642 kishini qirib tashlagan edi.

9. Bugungi kunda u kunlarning ko‘lankasi qolgan, xolos.

10. Shingetti, Mavritaniya. Asrlar davomida bu shahar Makkaga, haj safariga otlangan musofirlar yig‘iladigan joy sifatida tanilgan.

11. Kayakey, Turkiya. Shahar 1856-yildagi dahshatli zilzilada buzilib ketdi. 1885 yildagi yong‘in esa butunlay vayron qildi.

12. Bodi, Kaliforniya. Qachonlardir bu joylar gullab-yashnagan konchilar shahri bo‘lgan.

13. Shaharda «vestern» uslubidagi ko‘ngilochar maskanlar mavjud edi.

14. Mayxonalardagi janjallar, bosqinchilar hujumi va otishmalar shahar aholisi uchun odatiy hol bo‘lgan.

15. Kaliko, Kaliforniya. Moxave sahrosidagi tashlandiq konchilar shahri.

16. 1890-yillarning o‘rtalarigacha kumush konlari tufayli gullab-yashnagan shahar mazkur metallga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi va narxning tushishi oqibatida inqirozga uchradi. Natijada uning aholisi boshqa joylarga ko‘chib ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring