Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kogonda ham «Raqamli texnologiyalar markazi» ochildi (foto)

Kogonda ham «Raqamli texnologiyalar markazi» ochildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ilg‘or xalqaro tajribalar asosida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etishni davom ettirmoqda.

Bu markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul o‘rgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha innovatsion ko‘nikmalar beriladi, «startap» loyihalarga yordam ko‘rsatiladi.

Prezident tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus asosida vazirlik tomonidan respublikamizning barcha tuman va shaharlarida shunday markazlar tashkil etish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilgan.

Foto: «Xabar.uz»

Navbatdagi «Raqamli texnologiyalar markazi» bugun, 31 mart kuni Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi pochta aloqasi tarmog‘i binosida ochildi. Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi.

Markaz qisqa muddatda zamonaviy kompyuterlar va zarur jihozlar bilan ta’minlanib, endilikda unda tuman yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport asoslari va elektron tijorat yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalar beriladi.

Shuningdek, ochilish marosimida Kogon shahar hokimi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring