Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Koinotning yosh go‘zali» 19 yoshida vafot etdi

«Koinotning yosh go‘zali» 19 yoshida vafot etdi

Foto: «Novosti»

«Koinotning yosh go‘zali - 2017» Lotte van der Zeye yurak hurujidan vafot etdi. Bu haqda uning «Instagram»dagi sahifasida xabar qilingan.

«Novosti» agentligining ma’lum qilishicha, qiz Avstriyadagi tog‘ kurortida bo‘lgan. Uni o‘z xonasida behush holda topishgan. Mahalliy shifokorlar uni sun’iy komaga tushirib, Myunxendagi maxsus kasalxonaga olib kelishgan va qiz o‘sha yerda yurak hurujidan vafot etgan.

Hozircha o‘limning boshqa tafsilotlari noma’lum.

Aytilishicha, Lotte van der Zeye 20 yoshga to‘lishidan bir kun avval vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring