Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘ksaroydagi samarali muzokaralar yakunida hujjatlar imzolandi (foto)

Ko‘ksaroydagi samarali muzokaralar yakunida hujjatlar imzolandi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Ilhom Aliyev O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar.

Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida 18 ta hujjat imzolandi.

Hududlararo hamkorlik, sanoat, xalqaro avtomobil qatnovi, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, o‘simliklar karantini va himoyasi sohalaridagi hamkorlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar hamda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi shular jumlasidan.

Ushbu hujjatlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlikning qator istiqbolli yo‘nalishlarida amaliy sheriklikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring