Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ko‘mir koniga o‘g‘ri tushdi

Ko‘mir koniga o‘g‘ri tushdi

Foto: «iiv.uz»

«O‘zbekko‘mir» AJga qarashli «Apartak» ko‘mir koni hududiga aylanma yo‘llar orqali noqonuniy kirib, taxminan 600 kilogramm ko‘mirni 6 bosh uy hayvonlarining ustiga maxsus yasalgan savatchaga yuklab, chiqib ketayotgan shaxslar qo‘lga olindi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qilishicha, 2019-yilning 2-fevral kuni taxminan 21:00larda O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi «Angren» va «Apartak» ko‘mir konlarini qo‘riqlash alohida otryadi navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra, shu kuni 18:00larda Angren shahar Beruniy mahallasida yashovchi X.Odimatov, D.Mirzabayev va A.Kushmatovlar o‘zaro til biriktirib, «O‘zbekko‘mir» AJga qarashli «Apartak» ko‘mir koni hududiga aylanma yo‘llar orqali noqonuniy kirib, taxminan 600 kilogramm ko‘mirni 6 bosh uy hayvonlarining ustiga maxsus yasalgan savatchaga yuklab, chiqib ketayotganlarida otryadning mobil guruhi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

«O‘zaro til biriktirib, qo‘lbola usulda kondan ko‘mir tashishga harakat qilgan ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga muvofiq hujjatlar rasmiylashtirildi. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring