Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konsertda sodir bo‘lgan janjal videosi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Konsertda sodir bo‘lgan janjal videosi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda kuni kecha tashkil etilgan konsert dasturida bir nechta fuqaro o‘zaro janjallashgani aks etgan videolar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 iyun kuni taxminan soat 22.45 larda Chilonzor tumanida bo‘lib o‘tgan konsertda 2003 va 2004 yilda tug‘ilgan fuqarolar dastur yakunlangandan so‘ng og‘zaki tortishib qolganligi natijasida o‘zaro janjallashib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi («Mayda bezorilik») va 194-moddasi («Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik») alomatlari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring