Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreyadan kelgan jo‘natmada psixotrop modda aniqlandi

Koreyadan kelgan jo‘natmada psixotrop modda aniqlandi

Bojxona qo‘mitasining «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi va Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan «Elektron tijorat» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti hamda Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar idoralari va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda qonuniy bo‘lmagan dori vositalari keltirilishining oldi olindi.

Surxondaryo viloyatining Denov shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 30 yoshli fuqaro o‘z nomiga Koreyadan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Hujjatlarda sport ozuqasi sifatida ko‘rsatilgan jo‘natmada haqiqatan ham 1200 ta pregabilin moddasiga ega kuchli ta’sir qiluvchi kapsula aralashtirilganligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring