O‘zbekiston ta’lim tizimida kamchiliklar va Koreya yutuqlari - Farg‘onadagi universitet taassurotlari

O‘zbekiston-Koreya xalqaro universiteti
Ma’lumki prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida O‘zbekiston-Koreya xalqaro universitetiga ham tashrif buyurgandi.
Ushbu OTM rasmiylari prezident tashrifidan so‘ng bir qator internet nashrlari jurnalistlari bilan suhbatlashdi.
Universitetning Xalqaro aloqalar bo‘lim prorektori Yu Jong Xva jurnalistlar bilan muloqotda Koreya ta’lim tizimi, yangi universitetdagi jarayonlar yutuq va kamchiliklar xususida gapirdi.
«O‘zbekistondagi ta’lim tizimida talaba uch kurs davomida nazariya o‘rganadi. Faqat to‘rtinchi kursdagina amaliyotga o‘tiladi. Janubiy Koreyada birinchi kursdan amaliyot boshlanadi.
Universitetimizda shu tomonga kuchli e’tibor qaratdik. Mana natijada birinchi kurslarimizning sakson foizi koreys tilida bemalol muloqot qilmoqda.
Ta’limda kredit tizimiga tezroq o‘tish kerak. Ortiqcha fanlardan voz kechish ham muhim.
Shuningdek, OTMda dress-kod tushunchasi yo‘q. Asosiy urg‘uni ta’limga qaratamiz»- deydi Yu Jong Xva.
«O‘zbek talabalari tirishqoq, darsda tushunmagan narsalarni so‘rab olishda talabchan. Shu xususiyatlari menga juda yoqdi».

O‘zbekiston-Koreya xalqaro universitetining yillik qabuli 720 o‘rin. Kelajakda bu raqamlar mos ravishda oshib boradi.
Shartnoma to‘lovi gumanitar yo‘nalish uchun 3 ming dollar, injenering yo‘nalishi uchun 3,3 ming dollar.
Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, universitetda ishlovchi pedagoglar tajribasiga qarab 500 dan 5 ming dollargacha maosh olishadi.

Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga tashrifini Xabar.uz, Kun.uz, Daryo.uz, Gazeta.uz va Uznews.uz internet saytlari muxbirlari tashrif jarayonlarini Farg‘onadan turib yoritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter