Koreyashunoslar xalqaro grant – 14 100 AQSh dollarini qo‘lga kiritdi
Koreya fondining xalqaro grant sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Xabar.uz» muxbirining ma’lum qilishicha, umumiy 14 100 AQSh dollari miqdoridagi moliyaviy grantga Toshkent davlat sharqshunoslik institutining 5 nafar koreyashunos yoshlari sazovor bo‘lgan.
Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasida o‘tkazilgan tadbirda sovrindorlarga Favqulodda va muxtor elchi Kan Chje Kvon maxsus sertifikatlarni tantanali topshirdi.
Qayd etilishicha, moliyaviy grantga tayanch doktorant Sirojiddin Maxatov «Innovatsion rivojlanishning xorij tajribasidan O‘zbekiston iqtisodiyotida foydalanish imkoniyatlari», mustaqil izlanuvchi Dilorom Ashirbayeva «Koreys va o‘zbek diskursida murojaat birliklarining qiyosiy tadqiqi», magistrantlar Rasul Sherov «Globallashuv sharoitida Janubiy Koreya iqtisodiy rivojlanish transformatsiyasi», Maftuna Bahromova «Sinxron tarjima sohasining taraqqiyot bosqichlari» va Aziza Hidoyatova «Yang Kvija hikoyalarida obrazlar tizimi» mavzularida olib borayotgan ilmiy izlanishlari uchun sazovor bo‘lishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter