Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus laboratoriyada yaratilgan — xulosa

Koronavirus laboratoriyada yaratilgan — xulosa

AQSh Kongressi Vakillar palatasining COVID-19 bo‘yicha qo‘mitasi ikki yillik o‘rganishlardan so‘ng yakuniy hisobotini berdi. Unga ko‘ra, koronavirusning ushbu turi Xitoydagi laboratoriyada yaratilgan va bu tajribalarga AQSh ham pul ajratgan.

Hisobotdan asosiy bandlar:

— Uxanda virusologiya instituti bor, nomi — WIV;

— U yerda ayrim viruslar, jumladan, koronavirusning funksiyalarini kuchaytirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan;

— Xitoyliklar xavfsizlik texnikasiga uncha rioya qilishmagan, buning oqibatida nulinchi bemorga virus yuqqan bo‘lishi mumkin;

— 2019-yilning kuzida WIVning bir necha xodimi simptomlari COVID-19ni eslatuvchi qandaydir kasallikka chalingan;

— AQSh ham bunga daxldor: grant tizimlari orqali Uxandagi virusologiya instituti (WIV)da o‘tkazilayotgan tajribalarni moliyalashtirib kelgan. Buning jumlasiga ko‘rshapalaklar koronavirusi va odamlarning bu virusni yuqtirish ehtimoli bo‘yicha tadqiqotlar ham kiradi;

— Lokdaunlar (karantinlar) vaziyatni faqat yomonlashtirdi, butun boshli avlod — ham insoniyat, ham iqtisodiyot uchun uning oqibatlari dahshatli bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring