Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus xavfini kamaytiruvchi omil haqida ma’lumot berildi

Koronavirus xavfini kamaytiruvchi omil haqida ma’lumot berildi

JSST ona sutida koronavirusga qarshi kurashuvchi antitanachalar mavjudligini aniqladi.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova mazkur fakt haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Homilador ayollar bilan birgalikda chaqaloqlarda ham juda minimal foizda koronavirusga chalinish kuzatilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ona koronavirus bilan kasallangan bo‘lsa ham yangi tug‘ilgan bolani ko‘krak suti bilan emizishni tavsiya etmoqda. Chunki ko‘krak sutida juda ko‘p immunomodulinlar va kasallikka qarshi kurashuvchi antitanachalar mavjud. Shu bois ona suti bola uchun «birinchi emlash», vazifasini bajaradi.

Tajribalar ko‘rsatishicha, ona suti chaqaloqlarga vaksinatsiyadek ta’sir qilmoqda. Koronavirus bilan kasallangan onadan tug‘ilgan chaqaloqlardan 12-24 soat ichida va 24 soatdan keyin olingan testlar ularning immunitetida kasallik bilan kurashish qobiliyati shakllanganini ko‘rsatmoqda. 

Eslati o‘tamiz, 2020-yil 15-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34528 (+277) nafarni tashkil etmoqda. Sog‘ayish ko‘rsatkichi yurtimizda 85 foiz (29328 kishi)ga yetgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring