Yaxshi xabar: koronavirusdan tuzalganlar soni yana oshdi
Buxoro viloyatidan 4 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalganini xabar qilingandi.
Bugun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 4 nafar bemor fidoyi va jonkuyar shifokorlar sa’y-harakati tufayli butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Sog‘ayganlardan (barchasi erkak) uch nafari (ikki nafari Toshkent shahridan, bir nafari samarqandlik) charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelishgan. Yana bir nafari esa qashqadaryolik bo‘lib, charter reys orqali Rossiyadan Buxoroga kelgan. Barchasi karantinda bo‘lishgan va koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishni boshlashgan.
Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 89 nafarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter