Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan vafot etganlar jasadini yaqinlariga berish masalasi ko‘rilmoqda— Anvar Alimov

Koronavirusdan vafot etganlar jasadini yaqinlariga berish masalasi ko‘rilmoqda— Anvar Alimov

Foto: Videolavhadan skrinshot

Xabar berilganidek, AOKA zalida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Anvar Alimov so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra koronavirus yuqtirgan bemor vafot etsa, virus uning tanasida 2 soat saqlanib qolishi aniqlanganini ma’lum qildi.

«Koronavirus bugungi kungacha JST tomonidan o‘ta xavfli infeksiya qatoriga kiritilgani uchun biz murdalarni maxsus ishlov berib, tozalab, so‘ng dafn marosimlarini o‘tkazayotgan edik. Kecha so‘nggi tekshiruvlar natijasi ma’lum bo‘ldi. Bugungi kunda murdadagi virusning ikki soatda yuqish holati o‘z kuchini yo‘qotishi ma’lum bo‘ldi. Shu sabab biz murdani yaqinlariga berish taklifini tayyorlamoqdamiz», dedi Anvar Alimov.

«Lekin baribir murda qarindoshlariga berilishdan avval yuvilib, kafanlanib beriladi. Janoza baribir mozorboshida qilinadi. Va yana bir marta biz fuqorolarimizga uqtirmoqchi edikki, besh-o‘n kishidan ko‘p bo‘lmagan yaqin qarindoshlargina unda qatnashishi tavsiya etiladi» — deya qo‘shimcha qildi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring