Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 73 yoshli bemor vafot etdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 73 yoshli bemor vafot etdi

Shu yilning 14 aprel kuni Namangan shahrida yashovchi Sh. yurak ishemik kasalligi, gipertoniya ikkinchi darajasi, aterosklerotik kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya va o‘tkir nafas yetishmovchiligi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan edi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda «Covid-19» koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan. 73 yoshli (erkak) ushbu bemorning shu kungacha kunlik ahvoli mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib kelingan.

Biroq kardiolog, virusolog, pulmonolog, terapevt, reanimatologlarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring