Kuchli yomg‘ir tufayli Kitobda 4 ta xo‘jalikni suv bosdi

Kecha, 14-may kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel oqimlari oqib o‘tgan. Natijada «Jillisuv» aholi punktida 4 ta xo‘jalikni suv bosgan.
Qashqadaryo viloyati FVB boshchiligida hududiy FVDT xizmatlari kuch-vositalarini jalb qilgan holda ko‘cha va ariqlar, shuningdek, «Jillisuv» mahallasi hududining ichki irrigatsiya tizimlarini tozalash ishlari amalga oshirildi.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga Qashqadaryo viloyatining hududiy FVDT xizmatlaridan 81 kishi, 5 ta texnika jalb qilingan.
Sel oqimlari oqibatida jabrlangan va vafot etganlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter