Levandovski Ronaldu bilan tenglashib, Messini ortda qoldirdi

22-yanvar oqshomida «Barselona» hujumchisi Robert Levandovski «Benfika» darvozasiga penaltidan UYeFA Chempionlar ligasi doirasidagi 18 va 19-gollarini kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha oqshom «Barselona» Lissabonda «Benfika»ga qarshi superkambekni amalga oshirib, 2:4 hisobini 5:4 ga aylantirgan va muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal etgandi.
Levandovski turnir tarixida 11 metrlik nuqtadan urilgan gollari soni bo‘yicha Lionel Messi (18 gol)ni ortda qoldirib, Krishtianu Ronaldu (19 gol)ga yetib oldi.
O‘n bir metrlikdan urilgan ikkita gol Levandovskini Chempionlar ligasi joriy mavsumi to‘purariga ham aylantirdi. Uning hisobida 9 ta gol bor, ta’qibchisi — jamoadoshi Rafinya (8 gol).
Robert Levandovski Chempionlar ligasi tarixida jami 103 ta gol kiritgan, undan oldinda faqat Krishtianu Ronaldu (140) va Lionel Messi (129).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter