Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quloqqa emas, «naushnik»ka taqiladigan tilla sirg‘a o‘ylab topildi

Quloqqa emas, «naushnik»ka taqiladigan tilla sirg‘a o‘ylab topildi

Foto: «Hypebeast»

Fransuzlarning «Louis Vuitton» modalar uyi dizaynerlari quloqchin ishqibozlari uchun sirg‘a o‘ylab topishdi. Taqinchoq fotosuratini «Hypebeast» portali e’lon qilgan.

Lyuks brend assortimentida endi «AirPods» simsiz quloqchinlariga o‘rnatiladigan aksessuar ham mavjud. Tilla sirg‘a ikkita zanjir ko‘rinishida bo‘lib, unga «Louis Vuitton» markasi kulon shaklida o‘rnatilgan. Ta’kidlanishicha, taqinchoq turli uzunlikda chiqariladi.

Nashrning ma’lum qilishicha, shu oyda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilayotgan taqinchoqning bahosi taxminan 350 dollar atrofida bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring