Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalliy hokimlarning vakolatini qisqartiruvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi

Mahalliy hokimlarning vakolatini qisqartiruvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tashabbusi bilan mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillashtirilgani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur qonun loyihasida quyidagilar ko‘zda tutilmoqda:

  • mahalliy Kengashlar faoliyatiga deputatlar orasidan saylanadigan Rais boshchilik qilishi;
  • Xalq deputatlari Kengashi raisi o‘z vazifalarini bajarish davrida doimiy va boshqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirishi mumkin emasligi;
  • kengashlar yig‘ilishlarida hokim nomzodi ko‘rib chiqilayotganida nomzod mahalliy Kengash deputatlariga hududni rivojlantirish dasturini taqdim etishi shartligi nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasida Konstitutsiyada kafolatlangan normalar bilan bir qatorda «Kengash so‘rovi», «Kengash tekshiruvi» kabi yangi institutlar kiritilmoqda. Shu bilan birga qonun loyihasida Xalq deputatlari Kengashida qanday komissiyalar tuzilishi bo‘yicha normalar aniq belgilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qilishi hamda viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligi mustahkamlab qo‘yilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring