Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Manchester Siti»ga yirik diskvalifikatsiya xavf solmoqda

«Manchester Siti»ga yirik diskvalifikatsiya xavf solmoqda

Foto: Molly Darlington/Reuters

Angliyaning «Manchester Siti» 115 ta moliyaviy feyr-pley (FFP) qoidabuzarliklari bo‘yicha Angliya Premer-ligasidan (APL) chetlatilsa, qolgan ichki musobaqalardan ham chetlatilishi mumkin. Bu haqda Telegraph gazetasi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Premer-ligadan tushib ketish jamoaning Angliya kubogi va Angliya liga kubogida ishtirok etishdan diskvalifikatsiya qilinishiga olib kelishi mumkin, chunki bu reglamentda ko‘zda tutilgan.

Manchester klubi tomonidan 2009/2010 yilgi mavsumdan 2017/2018 yilgi mavsumgacha bo‘lgan davrda moliyaviy qoidalarni buzganlik ishi bo‘yicha sud majlislari sentyabr oyi boshida boshlangan edi. Ular kamida olti oy davom etishi kutilmoqda; yakuniy hukm 2025-yilning bahoridan oldin ma’lum bo‘ladi.

APLning joriy mavsumida «Manchester Siti» 4 turda 12 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. «Arsenal» va «Nyukasl» mos ravishda «Siti»dan ikki ochkoga ortda qolib, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring