Maradona Argentina terma jamoasini tekinga boshqarishga rozi
Mashhur hujumchi Diyego Armando Maradona Argentina terma jamoasiga tekinga rahbarlik qilishini aytdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
«Men terma jamoaga qaytdim. Buning evaziga hech narsa so‘ramayman. Futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionatida men Braziliya terma jamoasining juda kuchli ekanini ko‘rdim. Hozir ular g‘oliblikka da’vogar. Menga Tite olib borayotgan ish juda yoqdi», – degan Maradona.
Maradona 2008 — 2010-yillarda Argentina terma jamoasi murabbiyi bo‘lgan.
2010-yili JARda o‘tkazilgan jahon chempionatida Argentina terma jamoasining muvaffaqiyatsizligidan so‘ng u jamoadan ketgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter