Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bank uch toifadagi shaxslarning bank rahbarlari etib tayinlanishini taqiqladi

Markaziy bank uch toifadagi shaxslarning bank rahbarlari etib tayinlanishini taqiqladi

Foto: Bahodir Mamajonov / MB.

Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlariga qo‘yiladigan yangi talablar taqdiqlandi. Unga ko‘ra Markaziy bank uch toifadagi shaxslarning bank rahbarlari etib tayinlanishini taqiqladi. Bu Markaziy bank qarorida ko‘zda tutilgan, deb xabar bermoqda «Spot.uz».

Ushbu hujjat bilan tijorat banklarining rahbarlari, boshqaruv a’zolari, bosh buxgalterlari va ularning filiallari, shuningdek, mikrokredit tashkilotlari va kredit byurolari rahbarlari uchun yangi talablar tasdiqlangan.

Talablarga ko‘ra, barcha nomzodlar iqtisodiyot sohasida oliy ma’lumotga va bank sohasida ikki yildan o‘n yilgacha ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Rahbarlik lavozimiga nomzodlar, shuningdek, boshqaruv tajribasiga ham ega bo‘lishi lozim.

Bank va ularning filiallari rahbarligiga uch toifadagi nomzodlar tayinlanishi va tavsiya etilishi mumkin emas:

  • Bevosita uning ishtirokida (faktlar bilan asoslangan) bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni boshqargan shaxslar;
  • sud qaroriga ko‘ra rahbarlik lavozimiga tayinlanmaydigan shaxslar;
  • O‘zaro yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar bir bankda rahbarlik yoki moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida ishlovchi nomzodlar.

Bundan tashqari, yuqorida ko‘rsatilgan lavozimlarga nomzodlar qonunchilikni, pul-kredit siyosati tamoyillarini, qarz berish va depozitlarni bilishi, kompyuter va barcha kerakli bank dasturlarini ishlata olishi lozim.

Bankning bosh ofisi va uning filiallari rahbariyatidagi o‘zgarishlar va tayinlanishlar haqidagi axborot buyruq chiqqanidan keyin uch kun ichida bankning rasmiy saytida e’lon qilinishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring