Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy Osiyo: 2018-yilda sodir bo‘lgan ayanchli 5 fojia

Markaziy Osiyo: 2018-yilda sodir bo‘lgan ayanchli 5 fojia

Foto:«Tengrinews.kz»

O‘tayotgan 2018-yilda ko‘plab quvonchli voqealar bilan bir qatorda, fojiali hodisalar ham sodir bo‘ldi. «Kaktakto» nashri Markaziy Osiyoga daxldor bo‘lgan 5 ta noxush voqeani yodga oldi.

Oqto‘badagi fojia

2018-yil 18-yanvar kuni 52 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istonda avtobus yonishi natijasida halok bo‘ldi. Ushbu hodisa 2018-yilda Markaziy Osiyo uchun eng qayg‘uli hodisa sifatida qayd etildi.

Caption

Xitoyda etnik qozoqlarga bo‘lgan munosabat

2018-yilning may oyida Qozog‘iston OAVlarida qayta tarbiyalash lagerlarida qiynoqqa solinayotgan etnik qozoqlar haqida xabarlar tarqaldi.

Turkmanistonda oziq-ovqat taqchilligi

2018-yilning bahoridan Turkmanistonda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi boshlandi. Dastlab, do‘konlarda tuxum va go‘sht, keyinroq un va non taqchilligi yuz berdi. Yozda esa vaziyat yanada og‘irlashib, nonni pasport asosida sotish boshlandi.

Foto:«Asia Plus»

Shuningdek, mamlakatda ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi. 40 yoshdan past erkaklarga mamlakatni tark etish taqiqlab qo‘yildi. Yuqori sinf o‘quvchilari esa maktabni bitirgandayoq, armiya chaqirilishi belgilandi.

Tojikistonda AQShlik sayyohlarning o‘ldirilishi

2018-yilning yozida Tojikistonda to‘rt nafar velosayohatchi o‘ldirib ketildi.

AQSh, Niderlandiya, Fransiya, Shveysariya va Germaniya fuqarolari sanalgan yetti nafar sayyohga noma’lum shaxslar tomonidan qilingan hujum natijasida ularning 4 nafari halok bo‘ldi, ikki kishi og‘ir jarohatlandi. Avvaliga ularni avtomobil urib yuborgan, keyin ularni shu mashinadan chiqqan odamlar to‘pponcha va sovuq qurollar bilan jarohatlashgan.

Foto:«Radio Ozodi»

Faqat fransiyalik turist hodisa joyidan uzoqdaligi tufayli fojiadan qutulib qoldi.

AQShning Tojikistondagi elchixonasi mazkur hodisani terakt deya baholadi.

Xo‘janddagi mahbuslar isyoni

Noyabr oyining oxirida Tojikistonning Xo‘jand shahrida joylashgan qattiq rejimdagi koloniyada ko‘tarilgan isyon natijasida 47 kishi halok bo‘ldi, 121 kishi yarador bo‘ldi.

Foto:«Radio Ozodi»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring