Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Masjid avtoturargohida giyohvand modda sotayotgan kishi

Masjid avtoturargohida giyohvand modda sotayotgan kishi

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor  tadbir o‘tkazildi.

Unda Termiz shahridagi «Al-Hakim At-Termiziy» jome masjidi avtoturargohida fuqaro R.A. o‘zining jinoiy sherigi H.T. bilan birga o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan F.A.dan vazni taxminan 2 kg bo‘lgan «opiy» giyohvandlik vositasini 24 ming AQSh dollariga sotib olib, boshqa bir shaxsga 40 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, F.A. giyohvand moddalarni tojikistonlik shaxsdan Denov tumani hududida 14 ming AQSh dollariga sotib olgan.

U bundan ikki baravar «foyda» ko‘rish uchun esa H.T. va R.A.ga «mahsulot»ni 28 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan.

O‘z navbatida, ushbu fuqarolar «opiy» giyohvandlik vositasini 40 ming AQSh dollariga sotishni reja qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring