Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna böliş ×

«Mehmon yalangoyoq yuribdi...»

«Mehmon yalangoyoq yuribdi...»

foto:internet ochiq manba

Gazetada işlab yurgan kezlarim bir yildan köproq muddat qişloqqa borolmadim. Işlaydigan odam şaharga butun vujudi bilan singib ketadi. Ota-onam, akalarim, singillarim, döst-qadrdonlarni, bolaligim ötgan soy-söqmoqlaru dala-qirlarni soğindim, ammo har hafta gurillab çiqib, qölma-qöl bölib öqilayotgan gazetaning şuhrati bunday soğinçni pisand qilmasdi.

Avgust oyi boşlarida bir iloj qilib, yölga tuşdim. Ikki kun uyimiz mehmon-izmonga töldi. Uçinçi kuni ertalab nonuştaga kelganlarni kuzatib, heç kimga aytmay qişloğimizning kunçiqar tomonida Qapçiğay degan joyimiz bor – öşa yerdagi buloqqa qarab yöl oldim. Söqma yöl tuproği ipakdek mayin bölib ketgan, juda yoqimli. Tuflimni yeçib, qölimdagi xaltaga solvoldim. Quyoş nurida qizigan tuproqning tafti – jonning rohati. Dadam rahmatli qizigan şudgorga yonboşlab yotişni, jamoa ekiniga suvni tarab qöyib, yalangoyoq yurişni yaxşi körardilar. Şu joylarda bolalik izlarim qolgan-ku, deyman özimga özim. Lekin, qani öşa izlar?

Qişloqda ösganlar uçun bunday yuriş – joning rohati. Qarama-qarşi tomondan kelayotgan hamqişloqlarim bilan salomlaşaman.

Bir payt, buloqqa yaqinlaşib qolganimda, izimdan Rahmonjon akam hovliqib kelib qoldi. «Hoy şaharlik, bu nima qilganing, qayoqqa ketyapsan, jinni-pinni böldingmi, tufling qani?» dedi. Söqma yölda issiqdan terlab-pişib, yuzim qorayib, yalangoyoq yurganimni körganlar töğri uyimizga borib, «Mehmon yölda bir özi, yalangoyoq yuribdi, tinçlikmi özi?» deya qarindoşlarga tanbeh berişibdi.

Akamga tuşuntirdim. Tuşundilar, ammo buloqdan hovuçlab suv içib, yuzimni çayganimdan keyin, «Tuflingni kiy, uyga qaytamiz, seni bu holda körganlar şaharda jin-pin çalib ketibdi», deb öylaşi mumkin, dedilar.

Buloq yonida bir zum bölsin dumalab yotmaganimga hali-hali afsus qilaman.

Ahmadjon Meliboyev

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring