Meksika va Janubiy Koreya g‘alabani birga nishonladi
Janubiy Koreya terma jamoasi Germaniya ustidan g‘alaba qozonishi natijasida, garchi shvedlardan mag‘lub bo‘lishsa-da, meksikaliklar pley-off bosqichiga chiqishdi. Shundan so‘ng Mexiko va butun Meksika aholisi bayramni nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi. Bu haqda ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqadi.
Hatto g‘alabadan sarmast bir meksikalik fanat Koreya Respublikasining Meksikadagi konsulini yelkasiga chiqarib oldi. Olomon Janubiy Koreyadan minnatdorligini konsulga qaratilgan quyidagi so‘zlardan ham bilish qiyinmas:
— Koreyalik og‘a! Endi sen meksikaliksan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter