Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Men tadbirkorning advokatiman» — Prezident

«Men tadbirkorning advokatiman» — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bugun Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Tadbir boshlanishi oldidan faol tadbirkorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari taqdirlash marosimi vaqtida so‘zlagan nutqida yurtimiz rivojida tadbirkorlarning o‘rniga yuqori baho berib o‘tdi.

— Yurtimiz rivojida tadbirkorning o‘rni juda katta. Men sizni qo‘llab-quvvatlashda davom etaman. Men birinchi navbatda sizning advokatingizman. Bepul advokatman!

Albatta hali atrofimizda eski tizimga o‘rgangan mutasaddilar, hokimlar bor. Ularning buyruqvozlik, qog‘ozvozlikdan qutulishi qiyin bo‘lyapti.

Ammo men hammadan zamonaga mos ishni talab qilishda davom etaman. Hamma joyda yangilik, tadbirkorning aytgani bo‘lishi shart.

Siz tomoningizdan yaratilgan har bir ish o‘rni uchun barchangizga rahmat aytaman, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident shuningdek o‘z nutqi davomida tadbirkorning yo‘liga g‘ov bo‘lgan, eskicha ishlashda davom etadigan rahbarlar ishdan olib tashlanishini ta’kidlab o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring