Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metan zapravkalar yana vaqtincha yopildi

Metan zapravkalar yana vaqtincha yopildi

Foto: Xabar.uz

Havo harorati pasayishi sababli 4-mart kuni soat 19:00 dan 5-mart kuni soat 10:00 gacha «metan zapravkalar» faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi

Respublikamiz hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan talab oshdi. Shu bois magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda. 

Shunday hollarda birinchi navbatda aholi xonadonlari, shuningdek, ijtimoiy soha ob’yektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi, deyiladi vazirlik xabarida. 

Shu munosabat bilan, bugun, 4 mart kuni soat 19:00 dan 5 mart kuni soat 10:00 gacha Respublikamizdagi metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi. 

Mazkur choralar aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilgan. 

Shu bilan birga, ijtimoiy soha ob’yektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring