Shavkat Mirziyoyev: «Hamma velosipedda yursin, sog‘liqqa foyda» (video)

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 9-fevral kuni Yunusobod tumanida bo‘lib, bu yerdagi Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishi ikkinchi bosqichining qurilish ishlari bilan tanishgani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, davlat rahbari poytaxtda qurilayotgan yer usti metrosi qurilishini takomillashtirish, ilm asosida materiallar vaznini yengillashtirish, metro yo‘li ostidagi hududni obodonlashtirish, qo‘shimcha xizmatlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
— Bu yerda velosiped uchun maxsus yo‘lak bo‘lsin. Yoshlar, keksalar, ayollar, umuman hamma istagancha velosipedda yursin, bu sog‘liqqa foyda, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter