Mirzo Ulug‘bek tumanida uy-joyga muhtoj necha nafar fuqaro bor?

Shavkatbek Irgashev — Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi.
Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashev Toshkent shahar hokimligi binosida ommaviy axborot vositalari vositalari xodimlari bilan uchrashib, tumanda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida hisobot bergani, jurnalistlarning savollariga javob qaytargani haqida xabar bergan edik.
Jumladan, «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbiri tumandagi uy-joyga muhtoj fuqarolar soni qanchani tashkil etishi bilan qiziqdi.
— Bizda, asosan ikkita ro‘yxat qolgan. Ijtimoiy muhtoj oilalar bo‘yicha 27 oila va 800ga yaqin Sirg‘ali tumanidagi arzon uy-joylarga da’vogarlar, — deb javob berdi tuman hokimi. — Bu yili 530 kishining ism-sharifi taqdim etildi. O‘tgan yili 350 kishining ro‘yxati taqdim etilgan edi.
Tumanimizda 267 ming aholi mavjud. Uylar aholi soniga ko‘ra taqsimlangan. Shulardan bizda 720 ta navbat qoldi. Dekabr-yanvar oylariga qadar yana 600 kishining ro‘yxati berilishi rejaga kiritilgan. Kuni kecha biz nogironligi bo‘lgan, o‘ta muhtoj 23 ta oilaning ro‘yxatini berdik, ular uchun uylarning boshlang‘ich 15 foiz to‘lovi to‘lab berilishi bo‘yicha tegishli idoralarga so‘rov yuborilgan. Bu yerda gap faqat boshlang‘ich to‘lov haqida ketayapti, agar mana shu narsa hal bo‘lsa, uyning qolgan to‘lovini fuqarolar o‘zlari to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter