Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Misr prezidenti 3477 kishini afv etdi

Misr prezidenti 3477 kishini afv etdi

Foto: «1RRE»

Misr prezidenti Abdulfattoh Sisiy ramazon hayiti munosabati bilan 3477 kishini afv etdi.

Misr ichki ishlar vazirligidan ma’lum qilinishicha, Misr prezidenti 3477 nafar mahbusni ozodlikka chiqargan. Ular orasida 690 nafar qarzdor ham bor.

Sisiy kecha o‘zining «Twitter»dagi sahifasi orqali 690 nafar qarzdorning qarzlari «Bor bo‘l, Misr» fondi tomonidan to‘lanishini ma’lum qildi.

O‘tgan oy ramazon boshlanishi munosabati bilan turli namoyishlarda qatnashib, ozodlikdan mahrum qilingan 300 nafar yosh ozodlikka chiqarilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring