Moldovada prezident bo‘lish uchun 15 kishi kurashga qo‘shildi
Moldovada prezident sayloviga nomzodini ilgari surganlar soni 15 nafarga yetdi.
1-avgustdan Moldovada davlat rahbarini saylash hamda mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi uchun referendum o‘tkazishga tayyorgarlik boshlandi. Ikki muhim siyosiy voqea 20-oktyabrda bo‘lib o‘tadi.
Prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish rasman 21-avgust, saylovoldi kampaniyasi 20-sentyabrdan boshlanadi, shunga qaramasdan, prezident bo‘lish uchun kurashish istagidagi 15 nafar nomzodning nomi hozirdan ma’lum.
Ular orasida:
- amaldagi prezident Mayya Sandu;
- Gagauziya sobiq rahbari Irina Vlax;
- sobiq tashqi ishlar vaziri Tudor Ulyanovskiy;
- jurnalist Natalya Morar;
- sobiq bosh prokuror Aleksandr Stoyanoglo kabi taniqli shaxslar bor.
Sobiq prezident Igor Dodon saylovda qatnashmasligini bildirib, Stoyanoglo uchun ovoz berishga chaqirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter