Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvadan keyin Toshkent. Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tamal toshini qo‘ydi

Moskvadan keyin Toshkent. Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tamal toshini qo‘ydi

Foto: «President.uz»

Bugun, 15-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi poydevoriga ramziy tamal toshini qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari tadbirga yig‘ilgan diniy ulamolar va barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bilan tabriklab, markaz qurilishining shunday ulug‘ ayyom kunida boshlanayotgani zamirida ezgu niyat, chuqur mazmun borligini ta’kidladi.

— Bu markazni qurishdan maqsad islom ma’rifatini o‘rganish, bobolarimizning buyuk merosini avvalambor xalqimizga, dunyo hamjamiyatiga yetkazishdir. Xudo xohlasa, hamma sa’y-harakatlarimiz yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, ilm-fanga, madaniyatga, tinchlik-osoyishtalikka zamin yaratadi, — dedi Prezident.

Markaz binosi yurtimizdagi qadimiy madrasalar ko‘rinishida, gumbazli qilib quriladi. Kutubxona, axborot-resurs markazi, ilmiy kafedralar, konferensiya zali, xizmat xonalari va boshqa ob’yektlarni o‘z ichiga oladi.

— Biz shunday buyuk merosning davomchilari bo‘la turib, ilmda ortda qoldik. Bugungi tashabbuslarimiz, boshlagan ishlarimizni barcha musulmon mamlakatlari tan olyapti. Endi shunga munosib bo‘lishimiz, ilm-ma’rifatda o‘rnak bo‘lishimiz kerak, — dedi davlat rahbari.

Jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini yaratish, adashganlarni avf etish, imom-xatiblar malakasini oshirish, yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring