Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Murad Buildings o‘z yo‘nalishida barcha mukofotlarni qo‘lga kiritdi

Murad Buildings o‘z yo‘nalishida barcha mukofotlarni qo‘lga kiritdi

Iste’molchilar va ekspertlarning ovoz berish natijalariga ko‘ra, Murad Buildings «2023 yil brendi» taqdirlash marosimida ikkita mukofotga sazovor bo‘ldi.

Bugun Makon Marketing forumining VI xalqaro biznes forumi yakunlandi. Ushbu tadbir doirasida O‘zbekiston marketing assotsiatsiyasi tomonidan ta’sis etilgan «Yil brendi-2023» VII yillik mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bir kun oldin, 18 may sanasida O‘zbekistonning yetakchi developer kompaniyasi – Murad Buildings ommaviy ovoz berish natijalariga ko‘ra ketma-ket beshinchi marta «Ko‘chmas mulk» yo‘nalishida «Yil brendi» mukofotiga sazovor bo‘ldi. Tanlovda 25 ta nominatsiya bo‘yicha 300 ga yaqin brend ishtirok etdi. G‘oliblar Telegram-bot so‘rovnomasida tashkil etilgan umumxalq ovozi yordamida aniqlandi. E’tiborli tomoni, ushbu jarayonda 350 ming kishi ishtirok etgan.

Bu yilgi ovoz berish jarayoni har doimgidanda shaffof va himoyalangan bo‘lib, ovoz berishning yanada murakkab mexanikasi ishlab chiqildi. Botlardan ovoz olishning aslo imkoni yo‘qligi sababli ovoz berish natijalari jamoatchilik ishonchini yanada oshirishga zamin yaratdi. Shu bilan bir vaqtda O‘zbekiston marketing assotsiatsiyasining 130 nafar ekspert va hamkorlari o‘rtasida turli toifalar bo‘yicha eng muvaffaqiyatli brendlarni aniqlash uchun ham ovoz berildi. Kompaniya faoliyati ekspertlar tomonidan yuqori baholanib, «Ko‘chmas mulk» toifasidagi hakamlar hay’ati fikriga ko‘ra yana bir bor «Yil brendi» mukofotiga loyiq deb topildi.

Tantanali marosimda mukofotni qabul qilgan Murad Buildings bosh direktori Oybek Nurmuhammedov Murad Buildings uchun ovoz bergan ekspertlarga bildirilgan ishonch uchun o‘z minnatdorligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, ushbu mukofot iste’molchilar, mutaxassislar, jamiyat va mamlakat oldida jamoaga yanada katta mas’uliyat yuklaydi va mijozlarni qiziqarli marketing yechimlaridan foydalaniladigan yangi loyihalar bilan xursand qilish uchun ko‘proq turtki beradi. Oybek Nurmuhammedov o‘z nutqi davomida bunday tadbirlar O‘zbekistonda biznes muhitini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o‘rni haqida gapirdi.

«Yil brendi» taqdirlash marosimidan so‘ng savdo va motivatsiya bo‘yicha «Makon Marketing Forum’24 SOTUVChILAR DAVRI» mavzusida maxsus trening bo‘lib o‘tdi. Unda eng yaxshi mahalliy, xorijiy ekspertlar va tadbirkorlar samarali savdo vositalari haqida so‘z yuritdilar hamda ishtirokchilar shaxsiy motivatsiya olishga muvaffaq bo‘ldilar.

Forumning ikki kunlik tadbirlari ko‘rgazma namoyishi bilan birga bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniyalar yangi mijozlarni jalb qilishdi va o‘zaro hamkorlikni oshirish uchun biznes aloqalari o‘rnatdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring