MWC 2018: «Energizer» 16000 mA/soatlik smartfon taqdim etdi

«Katta quvvatli» smartfon.
Tavsiflariga ko‘ra «Energizer Power Max P16K Pro» smartfoni «o‘rtacha» gadjetlarni eslatadi. U 6-dyuymli (18:9) Full HD+ (1080×2160 piksel) displeyiga ega. 16+13 Mp hajmli asosiy va 13+5 Mp frontalli qo‘shkameralari bor. Protsessori oddiy — «Mediatek Helio P23». Operativ xotirasi esa ancha katta — 6 GB.
Ammo akkumulyatorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniya smartfonining bir asosiy ustunligi bor — u naq 16000 mA/soatlik (zamonaviy smartfonlarnikidan 3-4 baravar katta) akkumulyator bilan ta’minlangan, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».
Shuning hisobiga «Power Max P16K Pro»ning qalinligi qariyb yarim santimetr keladi. Solishtirish uchun: aksariyat smartfonlar bundan deyarli ikki baravar yupqa. «Katta quvvatli» bu smartfon 300 gramm tosh bosadi.
«Power Max P16K Pro» shu yilning sentyabr oyidan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Narxi taxminan — 500 dollar atrofida bo‘lishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter