Namanganda hojatxonada bola tuqqan ayol go‘dakni tashlab qochdi

Namangan viloyatining Norin tumanida kecha, 5-mart kuni soat 14:00 larda «Toshloq grand» fermer xo‘jaligi bog‘ida yollanib ishlayotgan Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi B.X.ni to‘lg‘oq tutib qoladi.
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, B.X. bog‘dagi hojatxonada qiz tuqqan va uni qasddan o‘ldirish maqsadida hojatxonaga tashlab yuborgan.
Chaqaloq yig‘isini eshitgan shu bog‘ ishchisi A.T. chaqaloqni qutqarib qolgan. Chaqaloq tuman markaziy tug‘ruqxonasiga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter