Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 Navbat Savdo sanoat palatasiga: ular elektromobil uchun boj kiritish tashabbusini ilgari suryapti

 Navbat Savdo sanoat palatasiga: ular elektromobil uchun boj kiritish tashabbusini ilgari suryapti

Joriy yilning 26-iyul kuni Prezidentning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tadigan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida elektrotexnika va avtomobilsozlik sohalarida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilgan va unda ADM Jizzakh zavodi bosh direktori elektromobillar importi uchun bojlarni qaytarishni so‘ragan edi.

Mazkur taklif ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarni keltirib chiqarganidan so‘ng, Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov ushbu masala atroflicha o‘rganib chiqilganini ma’lum qilib, bu bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

Davron Vahobovga ko‘ra, elektromobillar importi bo‘yicha jahon tajribasi o‘rganilganda, yetakchi xorij davlatlarida ichki iqtisodiyotni himoya qilish maqsadida Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillarga qo‘shimcha bojlar joriy qilingan va bu tajriba AQSh, Yevropa ittifoqi, Turkiya va Braziliya kabi davlatlarda ham bor.

«Jahon savdo tashkilotining a’zosi hisoblangan –  AQSh (avtomobil narxining 102,5 foizini), Yevropa Ittifoqi davlatlari (38,1 foizini), Turkiya (50 foizini) hamda Braziliya (2024 yilda 10 foizgacha, 2026 yildan esa 35 foizgacha) davlatlarida notarif Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillarga bojlar joriy qilingan», – deydi SSP raisi.

Davron Vahobovning aytishicha, boj tariflarining nol qiymatda saqlanib qolishi «Xitoy elektromobillarining sifatli xizmat ko‘rsatish va hech qanday kafolatlarsiz ommaviy ravishda O‘zbekistonga kirib kelishiga» sabab bo‘ladi. 

SSP raisining ushbu chiqishi ham ayrim ijtimoiy tarmoq faollari e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Jumladan, iqisodchi O.Bakirov «elektromobillar uchun boj kiritish tashabbusini oqlab berish navbati Savdo sanoat palatasiga keldimi? » mazmunida post ioldirdi.

Unda aytilishicha, sanalgan mamlakat va hududlar dunyodagi eng yirik avtomobil bozorlari hisoblanadi. Bu bozorlarning har birida Yevropa va AQSh misolida o‘nlab, Turkiya va Braziliya misolida kamida o‘nga yaqin avtomobil ishlab chiqaruvchilari mavjud. Ya’ni sanalgan bozorlarda importni hisobga olmaganda ham, ishlab chiqaruvchilarning o‘zida raqobat darajasi haddan ziyod yuqori.

«U yerdagi O‘zbekistondagi monopollashgan konsentratsiyani sanalgan bozorlardagi raqobat koeffitsiyenti bilan umuman solishtirib bo‘lmaydi. Bundan tashqari mamlakatlarda notarif bojlarning miqdori palata raisi keltirgan va atayin qo‘rqinchli qilib ko‘rsatilgan raqamlardan ancha farqlanadi.

Qolaversa, eng qashshoq mamlakatlardan bir bo‘la turib bizdan karrasiga boy mamlakatlarning yutuqli emas, xatoli qadamlaridan o‘rnak olishga urinishlar rosti achinarli», – deydi Bakirov.

U, shuningdek, «elektromobillarga boj kiritishayapti» deb sanalgan davlatlarning O‘zbekistondan ulkan farqi borligini aytadi.

«Bu mamlakat va hududlarda biron bir avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya yashirin va maxfiy qaror bilan import bojlardan (QQSdan) ozod qilinmaydi.

Va eng asosiysi, agar yashirin qarorlar bilan import boji to‘lamaydigan kompaniya bor deya tasavvur qilsak, uning elektromobillarga boj solishni taklif etishi, ikkiyuzlamachi kompaniyani o‘sha kuniyoq bankrotlikka olib keladigan darajada jamiyat tarafidan cancel qilishga olib kelgan bo‘lardi. Qanaqadir hukumat vakili yoki shartli Savdo sanoat palatasi raisi o‘zi ham cancel bo‘lib ketishini bilgani uchun bu absurdni himoyalab chiqishga jur’at etmagan bo‘lardi», – deydi ivtisodchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring