Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navbatdagi «iPhone»da uchtalik kamera bo‘ladi

Navbatdagi «iPhone»da uchtalik kamera bo‘ladi

Foto: «NV.ua»

«Apple» kompaniyasi o‘zining kamida bitta «iPhone» modelini uchtalik kamera bilan chiqarishi kutilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, bu 2019-yilning ikkinchi yarmida sodir bo‘ladi, deb xabar berdi «NV.ua».

«Yuanta Securities» kompaniyasi tahlilchisi Jeff Puning ta’kidlashicha, «Apple» 2019-yilning ikkinchi yarmida 12 megapikselli va suratni optik barqarorlashtiruvchi uchtalik kameraga ega «iPhone»ni ishlab chiqaradi. Bu kabi xulosaga «Apple» uchun telefon linzlarini ishlab chiqaruvchi Largan kompaniyasi qaydlarini o‘rgangach kelingan.

Puning bashorati  «Economic Daily News» nashrining hisobotlariga mos kelmoqda. Tahlilchining taxminlari bo‘yicha, uchtalik kameraga ega telefonlar dunyo smartfonlar bozorining navbatdagi trendga aylanadi, bunda «Huawei»ning ulushi ham sezilarli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring