Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiy IESni gaz bilan ta’minlovchi tarmoqda avariya yuzaga keldi. Respublika bo‘ylab qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi

Navoiy IESni gaz bilan ta’minlovchi tarmoqda avariya yuzaga keldi. Respublika bo‘ylab qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 7-iyul kuni soat 05:48da Navoiy issiqlik elektr stansiyasining bug‘-gaz qurilmalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi 2-tarmoq gaz quvurida gaz sizib chiqish holati yuzaga kelgan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlarini xavfsiz bajarish uchun «Navoiy-4» gaz taqsimlash stansiyasi orqali gaz ta’minoti to‘xtatilmoqda.

Mazkur ishlarni to‘liq yakunlash jarayonida Navoiy issiqlik elektr stansiyasining 1-son bug‘-gaz qurilmasi vaqtinchalik to‘xtatib turiladi.

Shu sababli respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Vazirlikning bildirishicha, iyul oyining birinchi yarmida mamlakatimiz hududida havo haroratining keskin ko‘tarilishi va 6-8 iyul kunlari respublikaning sutkalik elektr energiyasi iste’moli 223 million kilovatt soatgacha yetishi kutilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan mavsumning mos davriga nisbatan 23 foizga ko‘pdir.

«Shu bilan birga, respublikamiz suv omborlariga suv kelish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 37 foizga kam yoki ko‘p yillik o‘rtacha suv kelishining 48 foizini tashkil etmoqda. Bu holat gidroelektr stansiyalarning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining pasayishiga olib kelmoqda. Shunga qaramasdan, mamlakatimizda elektr stansiyalar orqali rejada ko‘rsatilgan hajmlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring