Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazorat inspeksiyasi «Royal» anor sharbatini talabga javob bermaydigan deya topdi

Nazorat inspeksiyasi «Royal» anor sharbatini talabga javob bermaydigan deya topdi

«Royal» brendi ostidagi anor sharbati sifat talablariga javob bermasligi aniqlandi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan hamda import qilinayotgan mahsulotlar sifati va xavfsizligi muntazam o‘rganib kelinmoqda.

Jumladan, bozorlar va savdo rastalarida sotilayotgan «Royal» savdo belgisi ostidagi anor sharbati mahsuloti texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talabiga qay darajada mos kelishi o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, «Royal» savdo belgisi ostidagi anor sharbati mahsuloti tamg‘alanishi (markirovka) bo‘yicha UzTR.490-022:2017 «Oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament»ining 8, 36, 53 va 58-bandlari talablariga nomuvofiqligi aniqlandi.

Akkreditlangan sinov laboratoriyasining xulosasiga ko‘rab «Royal» savdo belgisi ostidagi anor sharbati mahsuloti tarkibida «Azorubin, E 122» moddasi belgilangan me’yordan ortiq ekanligi ma’lum bo‘ldi.

UzTR.490-022:2017 «Oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament»ning 36-bandiga muvofiq, tarkibida rang beruvchilar (E122 azorubin, E sariq xinolin, FSF E110 sariq «quyosh botishi», AS E129 qizil maftunkor, 4R E124 ponso va E102 tartrazin) oziq-ovqat mahsulotlari uchun «Tarkibida rang beruvchi (rang beruvchilar) mavjud, ular bolalarning faolligiga va diqqatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin» degan ogohlantiruvchi yozuv yozilishi kerak.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi, «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi, «Metrologiya to‘g‘risida»gi, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» gi Qonunlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini bajarmaslik qonun buzilishiga olib kelishi to‘g‘risida ogohlantiramiz, deyiladi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xabarida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring