Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Netanyahu Norvegiya tuprog‘iga qadam qo‘ysa, qamaladi – mamlakat TIV rasmiysi

Netanyahu Norvegiya tuprog‘iga qadam qo‘ysa, qamaladi – mamlakat TIV rasmiysi

Norvegiya Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini qoralaydi va agar Benyamin Netanyahu mamlakat hududiga kirsa, hibsga olish to‘g‘risidagi Xalqaro jinoiy sud qarorini ijro etadi.

Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andreas Motsfeldt Kravik «Al Jazeyera» telekanaliga ma’lum qildi.

«Isroilning xatti-harakatlarini qabul qilinishi mutlaqo mumkin emas. Biz maktablar, kasalxonalar, jurnalistlar nishon bo‘layotganini ko‘rdik», – dedi u.

Kravik Norvegiya hukumati XJSning Netanyahuni hibsga olish qaroridan xabardor ekanligini va «agar u Norvegiya tuprog‘iga qadam qo‘ysa, bu orderni bajarishini» ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning noyabrida XJS Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda ayblab hibsga olish uchun order bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring