Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niagara sharsharasida yana O‘zbekiston bayrog‘i ranglari aks ettiriladi

Niagara sharsharasida yana O‘zbekiston bayrog‘i ranglari aks ettiriladi

O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yil 31-avgust kuni Shimoliy Amerikadagi dunyoning eng mashhur sayyohlik joylaridan biri mashhur Niagara sharsharasi yana O‘zbekiston davlat bayrog‘i ranglarida yoritiladi. Bu haqda «Dunyo» agentligi xabar bermoqda.

Kanadada ham akkreditatsiyadan o‘tgan O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, davlat bayrog‘ining sharsharada aks etish hodisasi 31-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30 (Toshkent vaqti bilan 1-sentyabr soat 7:30)da jonli efirda uzatiladi va 15 daqiqa davom etadi.

Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, Kanada va Amerika Qo‘shma Shtatlarining turli burchaklaridan vatandoshlar davlat bayrog‘i bilan yoritilgan Niagarani ko‘rish uchun sharsharaga kelishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, diplomatik vakolatxona vatandoshlar bilan birgalikda Niagara shahrida Mustaqillik kunini keng nishonlashni ham rejalashtirayapti. U yerda bayram munosabati bilan o‘zbek raqslari va qo‘shiqlari tashkillashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Niagara sharsharasi ilk bor O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi sharafiga mamlakat bayrog‘i ranglarida yoritilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring