Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Niderlandiyada yashayotgan o‘zbek yozuvchisining yangi kitobi chop etildi

Niderlandiyada yashayotgan o‘zbek yozuvchisining yangi kitobi chop etildi

Niderlandiyada istiqomat qilib, ijod bilan shug‘ullanayotgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sharifjon Ahmadning yangi kitobi «Akademnashr» tomonidan chop etildi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
 
«Ming bir kitob» nomli ushbu asar kitobxonni bolalik xotiralari va hayot saboqlari aks etgan samimiy va ta’sirchan voqealar olamiga yetaklaydi.

Muallif unda qishloq muhiti, oilaviy qadriyatlar va beg‘ubor bolalik davrini iliq mehr bilan tasvirlaydi. Ushbu kitobni ingliz va golland tillariga tarjima qilish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu orqali asarni kengroq auditoriyaga taqdim etish maqsad qilingan. 

Ma’lumot uchun, taniqli tarjimon va yozuvchi Sharifjon Ahmad 1969-yilda Andijon viloyatining Asaka shahrida tug‘ilgan. 1992-yilda Toshkent davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. U, asosan ispan va lotin amerikasi adabiyotini, shuningdek, jahon mumtoz asarlarini o‘zbek tiliga asl nusxadan tarjima qilishi bilan tanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring