Nursulton Nazarboyev Navro‘zni Samarqandda nishonlaydi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga ko‘ra 2018 yilning 21-mart kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda «Kun.uz» nashri o‘z manbasiga asoslanib xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 21-martda qo‘shni davlat rahbari Samarqandga keladi va prezidentlar Navro‘z bayramini qadimiy shaharda o‘tkazishadi. Ayni vaqtda shaharda tashrifga tayyorgarlik ishlari jadal olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 15-mart kuni Ostonaga tashrifi vaqtida mezbon davlat rahbarini O‘zbekistonga taklif etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter