Nyu-Yorkka aviaparvozlar keskin oshirilmoqda

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi joriy yilning 5-aprelidan 25-oktabrigacha Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida ikkinchi muntazam qatnovni yo‘lga qo‘yadi.
MAK axborot xizmatining xabariga ko‘ra, parvozlar payshanba kunlari zamonaviy «Boeing-787 Dreamliner» samolyotlarida quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):
Payshanba: HY-101 Toshkent 05:45 – Nyu-York 10:00
Payshanba: HY-102 Nyu-York 12:45 – Toshkent 09:25 (+1)
2018yilning 29mayidan 17sentabrigacha mazkur yo‘nalishda uchinchi muntazam qatnov yo‘lga qo‘yiladi. Parvozlar haftaning seshanba kunlari zamonaviy «Boeing-787 Dreamliner» samolyotlarida quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):
Seshanba: HY-101 Toshkent 05:45 – Nyu-York10:00
Seshanba: HY-102 Nyu-York 12:45 – Toshkent 09:25 (+1)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter