Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odam savdosida gumonlanayotgan shaxs Ummondan tutib keltirildi

Odam savdosida gumonlanayotgan shaxs Ummondan tutib keltirildi

Odam savdosi jinoyatida gumon qilinayotgan ayol Maskatdan Toshkentga olib kelindi. Bu haqda IIV Interpol Milliy markaziy byurosi axborot xizmati ma’lum qildi.

Sodir etgan jinoyati sabab xalqaro qidiruvda bo‘lgan mazkur shaxs Ummon sultonligi tomonidan O‘zbekiston tomoniga topshirildi.

Qidirilayotgan ayol 2022 yilda bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummonda yaxshi maoshli ish va go‘zal hayotni va’da qilib, qizlarni chet elga olib kelgan va u yerda sheriklari bilan jabrlanuvchilarning pasportlarini olib qo‘yib, ularni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilganlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring