Ohangaronda davlat pullarini o‘zlashtirgan maktab direktori ushlandi

2018-yil 19-fevral Ohangaron tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktablardan birida 2016-2017-yillar davomida budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi.
Natijada maktab direktori A.V. (ism-sharif o‘zgartirilgan) tomonidan o‘z mansab mavqeini suiiste’mol qilib, 28 622 000 so‘m budjet mablag‘lari rastrata va o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter