Oliy ma’lumot talab etiladigan kasb va lavozimlar qayta ko‘rib chiqiladi. Ba’zilaridan bunday talab olib tashlanadi
O‘zbekistonda oliy ma’lumot talab qilinadigan 80 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar va talabalar forumida ushbu masalaga to‘xtalib o‘tdi hamda yechimini ko‘rsatdi.
Unga ko‘ra, kamida 150 ta kasb va lavozimdan bunday talab olib tashlanadi.
– Bugungi kunda oliy ma’lumot talab qiladigan 80 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. Misol uchun, transport, geologiya, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, sport sohalarida bilim va malakasi yetarli bo‘la turib, oliy ma’lumoti yo‘qligi uchun, minglab yoshlarimiz ishga kira olmayapti.
Shu bois, joriy yilda oliy ma’lumot talab etadigan kasb va lavozimlar qayta ko‘rib chiqiladi hamda ularning kamida 150 tasi bo‘yicha bunday talab bekor qilinadi. Bunday yengillik tufayli, 10 mingdan ortiq yoshlar ishga joylashadi, – dedi davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter