Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy o‘quv yurtlarida davlat grantlari ikki barobar ko‘paytiriladi — prezident

Oliy o‘quv yurtlarida davlat grantlari ikki barobar ko‘paytiriladi — prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayni damda Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomasi davom etmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev nutqida oliy ta’limdagi muammolar va yangi tashabbuslarga to‘xtaldi. Unga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarida davlat grantlari ikki barobar ko‘paytiriladi. Qizlar uchun oliy o‘quv yurtlarida alohida grant o‘rinlari ajratiladi. 

«Hech bir davlat ta’limdagi muammolarni birdan hal qila olmaydi. Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar ikki barobar kiskartiriladi. 

Geolgiya bo‘yicha qanday maktabimiz bor? Matematika bo‘yichachi? Ilm-fan sohasida maqsadli grantlar masalasini tubdan qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. Shu vaqtgacha qarsak chalib yurdik, natija bo‘lmadi. Grantlar miqdorini ikki barobar ko‘paytiramiz» dedi prezident. 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev OTMlarda mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar ikki barobar qisqartirilishini ma’lum qildi.

Avvalroq, prezident yangi yil nomini e’lon qilgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring