Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda “Tinchlik daraxti” monumenti ochildi

Samarqandda “Tinchlik daraxti” monumenti ochildi

Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida UNESKO Bosh direktori o‘rinbosari Stefania Giannini, UNESCOning madaniy diplomatiya bo‘yicha maxsus elchisi Hedva Ser, Germaniya Federativ Respublikasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Federal vazirligining parlamenti kotibi Niels Annen va O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ishtirokida “Tinchlik daraxti” monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

"Tinchlik daraxti" monumenti muallifi atoqli haykaltarosh Xedva Ser bo‘lib, uning asarlari butun dunyoga mashhur. 

Ta’kidlash kerakki, ramziy ma’noga ega ushbu monument ilk bor 2008-yilda UNESCO bilan hamkorlikda Isroilda o‘rnatilgan. Keyinchalik esa Germaniya, AQSh, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Andorra, Gretsiya, Malta va boshqa davlatlarda ham o‘rnatildi. Bugunga qadar 17 ta davlatda "Tinchlik daraxti" mavjud edi. Samarqanddagisi esa 18-"Tinchlik daraxti" bo‘ldi. Ushbu monument bronzadan yasalgan bo‘lib, og‘irligi 750 kilogrammga teng.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring